Raul Asensioning qo'liga to'p tekkan vaziyatni Eduardo Iturralde Gonsales baholadi.
"Real" va "Arsenal" Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o'yinini (0:0, tanaffus) Londonda o'tkazishmoqda.
Uchrashuvning 13-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Deklan Rays "Real" jarima maydoni ichida darvozaga zarba yo'lladi va yaqin masofadan yo'naltirilgan to'p himoyachi Raul Asensioning qo'liga borib tegdi. VAR'dagi hakamlar 11 metrlik vaziyatni tekshirib ko'rishdi. Tekshiruv yakuniga ko'ra, penalti belgilamaslikka qaror qilindi, bosh hakam Irfan Pelto monitor yaqiniga bormadi.
"Menimcha, bu penalti emas, chunki uning qo'li pastga tushirilgan va bu juda yaqin masofdan sodir bo'lgan.
Qo'l tabiiy holatda bo'lgan, u tanani kattalashtirmaydi. Zarba yarim metrdan berilgani sabab Asensio qo'lini yig'ishtira olmadi," - deydi sobiq hakam.