Hujumchi Krishtianu Ronalduning oila a'zolari portugaliyalik futbolchini keskin chora ko'rishga majbur qilgan xavotirli xabarlar olishmoqda.
Goal portalining xorij OAVga tayanib xabar berishicha, Ronaldu xavfsizlik xizmati xodimlarini ishdan bo'shatgan va yangi odamlarni ishga olgan.
Endi Ronaldular oilasining tansoqchisi ma'lum bir Klaudio Migel Vaz bo'ladi.
U muammoli sohalarda katta tajribaga ega.