Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi chorak final dastlabki o'yinidan o'rin olgan Londonning "Arsenal" klubiga qarshi uchrashuv oldidan jamoasining kuchli tomonlari haqida gapirdi.
"Bu turnirda tajriba juda muhim. Tajribangiz etarli bo'lsa, bunday o'yinlardan, bosimdan qo'rqmaysiz. Tarkibda bunday muhitga o'rganib qolgan futbolchilarning bo'lishi juda muhim," - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Madrid Universal.