Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe bolaligida jamoani qanday qo'llab-quvvatlaganini esladi.
Frantsuz o'tgan yilning yozida "PSJ"dan erkin agent sifatida "qirollik klubi"ga o'tib, orzusini amalga oshirdi.
"Men "Santyago Bernabeu"ga birinchi marta kelganimda 12 yoki 13 yoshda edim. Birinchi marta "Real" futbolkasini kiyish aql bovar qilmaydigan holat edi. Bir kun emas, bir kun bu erga qaytishimni bilardim," - deya 26 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.