"Real" hujumchisi Kilian Mbappe jurnalistlar bilan ko'p gaplashishni yoqtirmasligini tan oldi.
"Men ko'p gapirmayman, intervyu berishni yoqtirmayman, lekin ba'zi vaziyatlarda menga aniqlik kiritishga to'g'ri keladi, chunki aks holda odamlar nimadir haqida noto'g'ri fikrda bo'lishi mumkin. Ba'zida men to'g'ri ish qilaman, ba'zida bunday qilmayman, lekin biz hammamiz insonmiz. Agar hamma mukammal bo'lsa, hayot unchalik yaxshi bo'lmasdi", - dedi 26 yoshli frantsuz.
Kilian Mbappe "Real"dagi ilk mavsumini o'tkazmoqda. Hozirda "Los Blankos" tarkibida 47 o'yinda 33 ta gol urdi.