«Atletiko» safarda Ispaniya chempionatining 30-turida «Sevilya»ni mag'lub etdi - 2:1.
O'yindagi dastlabki golni mezbonlar yarim himoyachisi Lyusen Agume 7-daqiqada kiritdi. 25-daqiqada Xulian Alvares penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Pablo Barrios mehmonlarni oldinga olib chiqdi.
«Aletiko» ochkolarini 60 taga etkazib, La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni saqlab turibdi. Diego Simeone jamoasi ikkinchi o'rindagi «Real»dan 3 ochko, peshqadam «Barselona»dan esa 7 ochko ortda qolmoqda.
«Sevilya» (36) Ispaniya chempionatida 11-pog'onada bormoqda.