Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga doirasidagi "Valensiya"ga (1:2) qarshi o'yin uchun noto'g'ri tarkib tanlaganini tan oldi.
Anchelotti Raul Asensioni zaxirada qoldirdi va himoya markaziga Orelen Tchuamenini tushirdi. Muxlislarning fikricha, kechagi o'yindagi natija ko'p jihatdan ushbu o'zgarishlar tufayli himoyada barqarorlik yo'qligi bilan izohlanmoqda.
"Ehtimol, biz rostdan ham adashgandirmiz va Raul o'ynashi kerak edi," - deya Karlo va Davide Anchelottining qo'shma bayonotidan iqtibos keltiradi Madrid Universal nashri.