Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Primerosining 30-turi doirasidagi jamoalarning o'zaro o'yinida (1:2) “Valensiya” muxlislari “Real” hujumchisi Vinisius Juniorga hushtakbozlik qilishlari bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.
O'yin Ispaniya grandining uy stadioni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tdi. Xususan, braziliyalik futbolchi to'pni yo'qotib qo'yganida “ko'rshapalaklar” muxlislari unga hushtakbozlik qilishdi.
"Bu Vinisiusga ta'sir qilmaydi. U diqqatini jamlaydi va har doim qo'lidan kelganini qiladi", - dedi Anchelotti.