Emmanuel Peti Vinisius Juniorning "Chelsi"ga o'tishi mumkin emas deb o'ylaydi.
"Vini Junior va “Chelsi”? Bilaman, bu mening eski klubim, lekin jiddiy bo'lishimiz kerak. Yo'q, Rostini aytsam, Vinining kelasi mavsumda "Stemford Bridj"da futbol o'ynashiga hech qanday imkoniyat yo'q.
Nima uchun har qanday futbolchi "Real"ni tark etib, "Chelsi"ga o'tadi? "Chelsi"ning qiziqarli loyihasi bor, bunga shubha yo'q, lekin ular so'nggi ikki-uch yildan beri yosh o'yinchilarni ko'zlamoqda. Ular endi tayyor super yulduzlar bilan shartnoma imzolashmaydi.
Vinisius hali yosh va menimcha, u "Chelsi"ga juda yaxshi yordam bera oladi. Menga uni olishni istamaydigan klub nomini ayting.
Menimcha, Vinisius hozircha “Chelsi”ga o'tmoqchi emas, “Real”da qolishni xohlaydi. Aks holda Saudiya Arabistoniga ketadi”, - deydi “Arsenal” va “Chelsi”ning sobiq futbolchisi.