Madridning “Real” klubi shanba kuni o'z maydonida “Valensiya”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, muxlislari hafsalasini pir qildi.
O'yindan so'ng madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'z fikrlarini bildirdi.
"La Liga chempionligi? Endi uni qo'lga kiritish qiyinroq bo'ladi. Biz ko'p vaziyatlar yaratdik, hujumda yaxshi o'ynadik.
Himoyada yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi.
Mag'lubiyatga yarasha o'yin qilmadik. Kichik tafsilotlar tufayli o'yinda mag'lub bo'ldik. Shubhasiz, biz g'alaba qozonishga haqli edik", - dedi Anchelotti jurnalistlarga.