"Valensiya"ga qarshi o'yinda Vinisius penaltini aniq amalga oshira olmadi.
La Liga 30-turidan o'rin olgan "Real" - "Valensiya" uchrashuvining 13-daqiqasida bosh hakam Gilermo Kuadra Fernandes Kilian Mbappega nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi.
Vinisius nuqtadan gol ura olmadi - uning zarbasini Georgiy Mamardashvili qaytardi.