Madridning “Real” klubi Antonio Ryudigerni yana bir necha yilga saqlab qolmoqchi.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, madridliklar himoyachining 2026-yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirishga tayyor. Klub kamida 2028-yilgacha amal qiladigan shartnoma tuzish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Futbolchining o'zi ham Saudiya klublari tomonidan qiziqish bo'lishiga qaramay, Ispaniya termasiga ustunlik beradi.
Ryudiger joriy mavsumda La Ligada 26 ta o'yinda maydonga tushdi.