Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
32 yoshli darvozabon "qaymoqranglilar"ning "Leganes" va "Real Sosedad"ga qarshi so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yubordi. Shanba kuni bo'lib o'tadigan "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda ham jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti belgiyalik futbolchiga umid bog'lay olmaydi. Marca xabariga ko'ra, Kurtua Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi dastlabki o'yinga qadar safga qaytish niyatida - bahs kelasi seshanba, 8 aprel kuni Londonda bo'lib o'tadi.
Tibo Kurtua joriy mavsum "Real" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 40 ta gol o'tkazib yubordi va 11 marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.