Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani tark etish haqida o'ylamoqda. Mutaxassisning shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi, biroq hamkorlik ertaroq yakunlanishi mumkin.
Jurnalist Mario Kortejananing xabar berishicha, italiyalik murabbiy "Real Madrid"dagi kelajagiga ishonchi komil emas. Gap shundaki, "qirollik" klubida to'rt yil davomida qattiq charchagan. Qolaversa, murabbiy "Los-Blankos" rahbariyati va Xabi Alonso o'rtasidagi aloqalar haqida ko'p eshitgan.
Yana bir sabab, Karloning o'g'li va yordamchisi Davide Anchelotti joriy mavsum yakunida ketish niyatida. Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri sanaladi.