"Bayer"ning markaziy himoyachisi Per Inkapega "Real Madrid" qiziqish bildirmoqda.
"Qirollik klubi" uzoq vaqtdan beri markaziy himoyani kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganib chiqdi va bu yozda kamida bitta o'yinchi olishi kutilmoqda. Xabarga ko'ra, Inkape "Los-Blankos" ro'yxatida edi.
O'tgan yili ekvadorlik futbolchiga Londonning “Chelsi” va “Tottenxem” klublari qiziqish bildirayotgan edi. Dekabr oyida Per Inkape "Bayer" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.