Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Endrikning holati haqida gapirdi. 18 yoshli braziliyalik futbolchiga bu mavsumda kam o'yin vaqti berilmoqda.
"Bu raqobat masalasi, bizda yuqori saviyali o'yinchilar bor. Klub tarixi shuni ko'rsatadiki, asosiy tarkib futbolchilarining ko'pchiligi zaxira o'rindig'ida vaqt o'tkazishgan. Vinisius, Rodrigo, Valverde, Kamavinga... Agar "Real"da o'ynashni istasangiz, bir muddat zaxirada o'tirish odat tusiga kiradi", - dedi Anchelotti jurnalistlarga.