Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Dani Sebalos va Ferland Mendining holati haqida gapirdi.
"Dani Sebalos va Ferland Mendi "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi o'yinicha chindan ham tiklanishni xohlashadi", - deya italiyalik murabbiyning so'zlarini keltiradi mashhur jurnalist Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
8 aprel kuni Londonning "Arsenal" va "Real" klublari o'rtasidagi Chempionlar ligasining birinchi chorak final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Aytish joizki, ushbu o'yingacha “Los Blankos” Ispaniya chempionatida yana ikkita o'yin o'tkazishi kerak.