Karlo Anchelotti "Real" va "Barselona" uslubini nega taqqoslamaslik kerakligini tushuntirdi.
- Sizningcha, "Barselona" "Madrid"dan yaxshiroq o'ynayaptimi?
- "Barselona" juda chiroyli o'ynaydi, "Real" boshqacha futbol o'ynaydi, juda sifatli. Menga "Real" va "Barselona"ning o'yini yoqadi. Ikki jamoaning o'yin uslubini taqqoslash qiyin, chunki u ko'p jihatdan o'yinchilarga bog'liq.
"Real" "Barselona"dan farq qiladi. "Barselona" juda yaxshi o'ynayapti, "Real" esa juda yomon o'ynayapti, deyishingiz mumkin. "Real"ning o'yini menga yoqadi. Bu menga uch yildan beri yoqadi.
Mavsumlar ozmi-ko'pmi murakkab bo'ladi. Har xil bo'ladi. Jamoalar har doim ham bir xil tuzilma bo'yicha o'ynamaydi. O'yinchilar o'zgarib turadi va aynan shuning uchun aniq belgilangan o'ziga xoslikni saqlab qolishning iloji yo'q. Doim bir xillikni saqlab qolishga uringan odam oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, - dedi "Real" bosh murabbiyi.