Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniyadagi debyut mavsumini muvaffaqiyatli yakunlashga umid qilmoqda.
"Qaymoqranglilar" La Ligada chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda, shuningdek, Chempionlar Ligasi va Ispaniya Kubogida ham g'oliblikka da'vogarlik qilmoqda.
"Men La Liga, Chempionlar Ligasi va "Real"da yutish mumkin bo'lgan barcha turnirlarda g'alaba qozonishni istayman," - dedi Mbappe laSexta nashriga bergan intervyusida o'z maqsadlari haqida gapirar ekan.