"Barselona" 2024/25 yilgi mavsumda navbatdagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi.
Xansi Flik shogirdlari La Liganing 29-turida o'z maydonida “Jirona”ni 4:1 hisobida mag'lub etishdi.
Bu kataloniyaliklarning 20-yirik g'alabasi bo'ldi. Mavsumdagi 45 uchrashuvda "ko'k-anorranglilar" 139 ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
“Barselona” bungacha ikki marta “Real”ni (4:0, 5:2), “Valensiya”ni (7:1, 5:0) va “Sevil'ya”ni (5:1, 4:1), endi esa “Jirona”ni (4:1, 4:1) mag'lub etdi. Shuningdek, ular “Val'yadolid” (7:0), “Vil'yarreal” (5:1), “Yang Boyz” (5:0), “Alaves” (3:0), “Bavariya” (4:1), “Tsrvena Zvezda” (5:2), "Brest" (3:0), “Malorka” (5:1), “Barbastro” (4:0), “Betis” (5:1) va “Real Sosedad” (4:0) klublarini yirik hisobda mag'lub etishdi.
"Barselona" La Liga jadvalida "Real"dan 3 ochko, "Atletiko"dan 9 ochko oldinda peshqadamlik qilmoqda.