"Real"ning ispaniyalik markaziy himoyachisi Raul Asensio shartnomani 2031-yilning iyuniga qadar uzaytirish haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Men kelajagimni "Real Madrid"da ko'raman, albatta. Men shunchaki orzular bilan yashayapman. Men dunyoning eng yaxshi klubida o'ynayapman...", dedi Asensio.
Raul Asensio “Real Madrid” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Qayd etilishicha, shartnomani uzaytirish shuning uchun uning Akademiya bilan eski shartnomasiga sotib olish bandini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu mavsumda Asensio barcha turnirlarda 41 ta o'yinda qatnashib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.