"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres o'tgan mavsumda muvaffaqiyatga erishgani uchun futbolchilarga bonus sifatida 40 million evro to'lagan. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, xususan, "Qirollik klubi" futbolchilari so'nggi Chempionlar ligasi finalida g'alaba qozongani uchun har biri 900 ming evrodan olgan. O'sha o'yinda "Real" Dortmundning "Borussiya" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi.
"Real Madrid" rahbariyati ushbu mavsumdagi musobaqada muvaffaqiyat qozongan futbolchilarga katta miqdorda bonuslar to'lashni rejalashtirmoqda.