Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Ronalduning goli «Real»ga g'alaba keltirmadi

Evropa Chempionlar Ligasining 3-turidan o'rin olgan “Real” – “Tottenxem” uchrashuvi yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Evropa Chempionlar Ligasining 3-turidan o'rin olgan “Real” – “Tottenxem” uchrashuvi yakuniga etdi.

Unda 1:1 hisobi qayd etilib “qirollik klubi” o'z maydonida “Tottenxem” ustidan g'alaba qozona olmadi.

28-daqiqada uzatilgan to'pni Xarri Keyn Navas qo'riqlayotgan darvozaga yo'naltirdi va bu vaziyatda to'p Rafael Varanning oyog'iga tegib avtogol qayd etildi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida Serj Ore Toni Kroosni jarima maydonchasida chalib yiqitdi va bu vaziyatda bosh hakam “Tottenxem” darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi.

Yuzaga kelgan penaltini esa Ronaldu to'g'ri amalga oshirib, o'yinda hisobni tenglashtirdi va bu gol bilan “Real”ning EChL uchrashuvlarida ketma-ket 40-golini kiritdi.

“Real” hujumchisi Karim Benzemada gol urish uchun bir qancha vaziyatlar yuzaga kelgandi, biroq bugun frantsiyalik hujumchining omadi chopmadi va o'rnini 76-daqiqada Marko Asensioga bo'shatib berdi.

Bundan tashqari Krishtianu Ronaldu bir necha bor raqib himoyachilaridan qochib ketib, Loris qo'riqlayotgan darvozani nishonga oldi. Ammo “Tottenxem” darvozaboni Ronalduning barcha zarbalarida mahorat ko'rsatib, jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

Shu tariqa, “Real” EChLning uchinchi turida “Tottenxem” bilan durang o'ynab, ochkolari sonini ettiga etkizib oldi. “Tottenxem” jamoasida ham xuddi shuncha ochko mavjud.

EChL, 3-tur.

Madrid shahri. “Santyago Bernabeu” stadioni.

«Real» - «Tottenxem» - 1:1 (1:1)

Gollar: Ronaldu 43 (pen) — Varan 28 (ag).

“Real”: Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Lukas 87), Modrich, Ronaldu, Benzema (Asensio 76).

“Tottenxem”: Loris, Alderveyreld, Sanches, Ore, Vertongen, Sissoko (Son 89), Dayer, Uinks, Eriksen, Lorente (Rouz 80), Keyn.

Ogohlantirishlar: Ronaldu 32, Ore 43.

BestMaster
18 Oktyabr 2017, 02:00
ronalduning, goli, «real»ga, galaba, keltirmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads