"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Kilian Mbappening yutuqlaridan mamnun.
Frantsiyalik futbolchi La Liganing 29-tur uchrashuvida "Leganes"ga qarshi o'yinda (3:2) dubl qayd etib, jamoasiga irodali g'alabani qo'lga kiritishda yordam berdi.
"Mbappening hissasi tobora sezilarli bo'lib bormoqda, u maydonda farq yaratmoqda. Bu aynan biz undan kutayotgan narsa," - dedi italiyalik murabbiy matbuot anjumanida.