Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe "Leganes"ga qarshi bahsda o'ziga xos gol muallifiga aylandi.
"Qaymoqranglilar"ning 26 yoshli futbolchisi uchrashuvning 76-daqiqasida dubl qayd etib, tabloda 3:2 hisobini o'rnatdi. E'tiborlisi, bu frantsiyalik futbolchi uchun professional faoliyatidagi ilk to'g'ridan-to'g'ri jarima zarbasidan kiritilgan gol bo'ldi.
Kilian Mbappe joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasi safida barcha musobaqalarda 45 ta jangda 33 ta gol urdi.