"Real" "Atletiko" bilan farqni oshirdi.
La Liganing 29-turida "qaymoqranglilar" "Leganes" ustidan g'alaba qozondi (3:2), "matraschilar" esa "Espanol" bilan durang o'ynadi (1:1).
Karlo Anchelotti jamoasi 63 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda va "Atletiko"ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. "Real" ochkolar soni bo'yicha peshqadam "Barselona"ga etib oldi, ammo qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha ortda qolmoqda. Kataloniyaliklarda yana 1 ta zaxira o'yini bor.