"Atletiko" La Ligada qatorasiga 3 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.
Bugun Diego Simeone shogirdlari Ispaniya chempionatining 29-turida "Espanol" bilan durang o'ynadi (1:1).
Oldinroq madridliklar "Xetafe" (1:2) va "Barselona"ga (2:4) mag'lub bo'lgandi.
"Atletiko" 29-turdan keyin 57 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. "Barselona" (63 ochko) va "Real" (60) bir o'yin kam o'tkazgan holda yuqoriroqda joylashgan.