"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumani davomida o'z faoliyatiga izoh berdi.
"Hozircha menga "Barselona" murabbiyi bo'lish yoqadi. "Real"ni, shuningdek, dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri va yaxshi inson Karlo Anchelottini hurmat qilaman. U yoki uning klubi haqida yomon gapirmayman, lekin biz "Barselona"miz va bu erda hammasi boshqacha. La Masiya bilan aloqa shunchaki fantastik. Biz hammamiz bir oiladekmiz," - dedi Flik jurnalistlarga.