Madridning "Real" klubi jamoa yarim himoyachisi Luka Modrichning yozda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish bo'yicha biror harakat amalga oshirmayapti, deya xabar berdi AS nashri.
Manbaga ko'ra, 39 yoshli xorvat "qirollik klubi"dan yangi taklif bo'lsa, uni jon-dili bilan qabul qilishga tayyor. Modrichning maqsadi Madridda faoliyatini yakunlash.
Joriy mavsumda Luka jami 44 ta o'yinda 4 ta gol urib, 7 ta golli uzatma berdi.