Madridning “Real” klubining belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua “Leganes”ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinda ishtirok etmaydi.
Darvozabon “qaymoqranglilar”ning so'nggi mashg'ulotida qatnashmadi. Bu haqda El Chiringuito jurnalistlari xabar bermoqda.
“Qirollik” klubi darvozaboni bo'lajak o'yinda ukrainalik Andrey Lunin bo'ladi. O'yin 29-mart, shanba kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo'lib o'tadi.