"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde La Liganing 27-turidan o'rin olgan "Osasuna"ga qarshi o'yin (3:0) qoldirilganidan keyin taqvim ro'yxatini tuzishga mas'ul tashkilotlarni tanqid qildi.
"Men o'yin sanasidan xafaman, bu normal holat emas. Biz taqvim haqida va juda ko'p o'yinlar borligi haqida ko'p marta gaplashganmiz. Buni tushunmaydiganlar borligini bilaman. Men bunday ishtiyoq bilan yashaganimdan baxtiyorman, lekin bu klubga hurmatsizlik.
Shuningdek, futbolchilari Budimir kabi terma jamoada o'ynagan, men bilan o'ynagan va dam olishga ulgurmagan "Osasuna" haqida gapiryapman. Qaysi klub haqida gapirayotganimiz muhim emas: "Osasuna", "Barselona", "Real Madrid", bu futbolchilarga nisbatan hurmatsizlik. Biz mashina emasmiz, yaxshi o'ynash uchun dam olish kerak. Buni nafaqat La Liga, balki barcha tashkilotlar tushunishi kerak" - dedi Kunde o'yindan keyin.