Karlo Anchelotti soliq to'lashdan bo'yin tovlagani uchun sud jarayoni haqida gapirdi.
Avvalroq Madrid prokuraturasi "Real" bosh murabbiyini firibgarlikda ayblab, 4 yil 9 oy qamoq jazosini so'ragani xabar qilingandi. Prokurorlarga ko'ra, Anchelotti o'zining soliq deklaratsiyasida faqat "Real Madrid"dan olgan shaxsiy to'lovini e'lon qilgan, ammo u boshqa tashkilotlarga o'tkazib yuborilgani aytilayotgan imidj huquqidan foydalanganlikdan tushgan daromadni emas.
Ish 2 aprel kuni Madrid sudida ko'rib chiqiladi.
"Kun tartibida muhokama qilinadigan ko'plab mavzular bor. Men borib bayonot berishim kerak, buni chorshanba kuni qilaman. Lekin bu er buni muhokama qiladigan joy emas. Prokuratura tomonidan berilgan apellyatsiya keyingi haftada ko'rib chiqiladi. Men birinchi ishda g'alaba qozonganman va qonun va sud tizimiga to'liq ishonaman. Xavotirlanmayman. Agar firibgarlik qilishdi deyishsa, hafsalam pir bo'ladi, lekin guvohlik berishga tayyorman", - dedi “Real” bosh murabbiyi.