"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi to'g'risidagi xabarlarga izoh berdi.
"Braziliyadan hech kim men bilan bog'lanmagan. Ronaldoning men terma jamoani boshqarishni xohlaganim haqidagi gapi? Bunday suhbat bo'lganini eslay olmayman", - dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.