"Real"ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin katta ehtimol bilan keyingi ikki o'yinda maydonga tushadi, deya xabar bermoqda Marca.
Qayd etilishicha, asosiy darvozabon Tibo Kurtua hamon o'zini noqulay his qilmoqda va umumiy guruhdan tashqarida ishlamoqda.
Avvalroq, shu sababli Lunin La Liganing navbatdagi turida "Leganes"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi u kubok yarim finalida "Real Sosedad"ga qarshi ham o'ynashi mumkinligi aytilmoqda.
"Real" - "Leganes" uchrashuvi 29 mart kuni, "Real" - "Real Sosedad" - 1 aprel kuni bo'lib o'tadi.