Payshanba kuni UEFA "Real"ning to'rt nafar futbolchisiga qarshi ish ochganini e'lon qildi. Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Dani Sebalos va Antonio Ryudiger axloqsizlikda ayblanmoqda. Ular "Atletiko" muxlislariga turli imo-ishoralar ko'rsatishdi.
GOAL portali Mbappening ahloqsiz (jinsiy a'zosini ushlagan holda) harakatlariga alohida e'tibor qaratmoqda. Shunday harakat uchun Jud Bellingem o'tgan yozda Evro-2024 vaqtida bir o'yinga diskvalifikatsiya qilingandi. Ya'ni Mbappe ham shunday jazoga tortilishi mumkin.
8 aprel, seshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasi 1/4 final dastlabki o'yinida "Arsenal" mehmoni bo'ladi.