"Barselona" La Ligada yakka peshqadamga aylandi.
Xans-Diter Flik jamoasi Ispaniya chempionatining 27-tur qoldirilgan o'yinida "Osasuna"ni (3:0) mag'lub etdi.
"Barselona" 63 ochko bilan sof 1-o'ringa chiqib oldi. 2-o'rindagi "Real" hisobida 60 ochko mavjud.
Shuningdek, "Atletiko" 56 ochko va "Atletik" 52 ochko bilan kuchli to'rtlikdan joy olgan.