Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real” futbolchilari Chempionlar Ligasida “Atletiko”ni mag'lub etgani uchun qancha pul mukofoti olgani ma'lum

Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoa futbolchilarini Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqishlari munosabati bilan rag'batlantirishga qaror qildi.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoa futbolchilarini Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqishlari munosabati bilan rag'batlantirishga qaror qildi. Bu haqida RMC Sport nashriga tayanib, Euro-football xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “qirollik klubi” EChLning 1/8 final bosqichida “Atletiko”ni mag'lub etgani uchun har bir futbolchisiga 250 ming evrodan mukofot puli to'lagan.

“Real” nimchorak finalda hamshahari ustidan penaltilar seriyasida (2:1, 0:1, penaltilar seriyasi — 4:2) g'alaba qozonib, chorak final yo'llanmasiga ega chiqdi.

Ushbu bosqichda Karlo Anchelotti shogirdlari Londonning “Arsenal” klubi bilan to'qnash keladi. Dastlabki o'yin 8 aprel kuni, javob bahsi esa 16 aprel sanasida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

“Real Madrid” amaldagi Chempionlar Ligasi g'olibi hisoblanadi. O'tgan yilgi finalda jamoa Dortmundning “Borussiya” klubini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

BestMaster
27 Mart 2025, 23:00
“real”, futbolchilari, chempionlar, ligasida, “atletiko”ni, maglub, etgani, uchun, qancha, mukofoti, olgani, malum,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017