Londonning "Arsenal" klubi vingeri Bukayo Saka oyoq sonini operatsiya qilganidan so'ng mashg'ulotlarni to'liq davom ettirishni boshladi.
Saka 21 dekabr kuni "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan 5:1 hisobidagi g'alabadan keyin, Bukayoning mushaklaridagi muammolardan so'ng operatsiya qilinganidan beri maydonga tushmadi.
Sakaning "Arsenal"dagi ko'pchilik jamoadoshlari o'z terma jamoalari sharafini himoya qilishgan bo'lsada, Bukayo asta-sekin ish yukini oshirib bordi va endi uning uchun barcha cheklovlar olib tashlandi.
Saka payshanba kuni ijtimoiy tarmoqqa to'liq mashg'ulotlarga qaytganini e'lon qildi, bu "Arsenal" uchun Chempionlar ligasi chorak finalida "Real"ga qarshi ikki o'yin oldidan yaxshiroq vaqt bo'lishi mumkin emas edi.
"Real Madrid"ga qarshi birinchi o'yin 8 aprel kuni "Emireyts"da bo'lib o'tadi, ammo bungacha "Arsenal" hali ham APLda "Fulxem" va "Everton" bilan o'ynashi kerak.