Madridning “Real” klubi Lukas Vaskes bilan shartnomani uzaytirmasligi mumkin.
Relevo xabariga ko'ra, klub 33 yoshli ispaniyalik bilan 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnoma uzaytirilishiga jiddiy shubha bilan qaramoqda.
Madridliklar "Liverpul"dan Trent Aleksander-Arnoldni erkin agent sifatida olishga tayyorlanmoqda. Dani Karvaxal ham yozda tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan forig' bo'ladi.
Shunday qilib, o'ng qanot himoyachisi Vaskes faqat uchinchi tanlov bo'ladi.
Joriy mavsumda Lukas Ispaniya chempionatida 23 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.