Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" Angliya klublariga ketma-ket 10 o'yindan beri mag'lub bo'lmayapdi

Inglizlar klublariga qarshi so'nggi 10 o'yinda mag'lubiyatsiz seriya.

Madridning "Real" klubi ingliz klubiga qarshi yana bir bor maydonga tushadi. Madridlikar aynan Angliya Premyer-ligasi klublariga so'nggi 10 o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapdi. "Shporlar" bilan esa 2010/11-yilgi mavsumda chorakfinalda (4:0 va 0:1) hisoblarida taslim etgan edi.

Ushbu seriya 2012/13-yilgi mavsumda ham davom ettirildi. Guruh bosqichida "Manchester Siti" bilan to'qnash kelindi va "Bernabeu"da (3:2) hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, Manchesterda (1;1) durang qayd etishdi. O'sha yili pley-offda "Manchester Yunayted" bilan ajoyib qarama-qarshilikda (1:1, 1:2) natijasi bilan "Qirollik klubi" chorakfinalga yo'l olgan edi. "Olt Trafford"dagi gollarni Krishtianu Ronaldu hamda Luka Modrich o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

So'nggi ikki o'yinga kelsak, 2014/15-mavsumda "Liverpul" guruhda (0:3 va 0:1) hisobida ikkala o'yinda ham mag'lub etildi. 2015/16-yilgi mavsum yarimfinalida "Manchester Siti" bilan to'qnash kelgan madridliklar "Etihad stadium"da nursiz durang qayd etishgan bo'lsa, "Bernabeu"da (1:0) hisobida g'alaba qozonib finalga yo'l olgan edi.

 

BestMaster
17 Oktyabr 2017, 18:20
angliya, klublariga, ketma-ket, oyindan, beri, maglub, bolmayapdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads