Slaven Bilichning fikricha, jamoa sardori Luka Modrich Frantsiyaga qarshi javob o'yinida tez-tez xatoga yo'l qo'ygan.
"Modrich butun mavsumda bu o'yindagi kabi ko'p xatolarga yo'l qo'ymagandir. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, biz omadli bo'ldik, penaltilar seriyasiga etib oldik va biz ularni yutish uchun real imkoniyatga ega bo'ldik", - dedi Bilich.
Eslatib o'tamiz, Xorvatiya terma jamoasi Millatlar ligasining 1/4 finalida Frantsiyadan mag'lub bo'lgan va musobaqadan chiqib ketgan edi.