Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich faoliyatini "Real"da yakunlashni orzu qiladi

Xorvatiyalikning “Los-Blankos” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.

.
- Yuklab olish

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich 2012 yilda “Tottenxem”dan 35 million evro evaziga o'tganidan beri “Real” safida 579 ta o'yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 93 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Telefot nashriga bergan intervyusida xorvatiyalik futbolchi faoliyatining oxirigacha "Real"da qolish niyatida ekanini aytdi.

"Faoliyatimni "Real"da yakunlamoqchiman. Ko'ramiz nima bo'lishini. Oldinda hali ko'p o'yinlar bor va men ularga e'tibor qaratishim kerak", - deydi Modrich.

Eslatib o'tamiz, xorvatiyalikning “Los-Blankos” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.

BestMaster
25 Mart 2025, 15:00
modrich, faoliyatini, realda, yakunlashni, orzu, qiladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017