Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Pachettino: Isko buyuk klubning yetakchilaridan biri, bunday futbolchilar tarkibingda bo'lsa xohlagan sovrinlaringni yutish mumkin

Londonning "Tottenhem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pachettino "Real"ga qarshi o'yindan oldin intervyu berib o'tdi.

 

"Jahonning eng kuchli jamoasiga qarshi to'p surish - o'zimizning taktikamizni va o'yin uslubimizni tekshirib olish uchun ajoyib imkoniyat. Bu yerda o'ynash salbiy emas balki ijobiy bo'ladi. Biz jahonning eng kuchli jamoasiga qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz"

Guruhdagi vaziyat haqida:

"O'tgan mavsumda hozirgidan ko'ra kuchsizroq guruhga tushgan edik, ammo guruhda 3-o'rin bilan kifoyalandik. Endi esa biz dastlabki ikki o'yinda g'alaba qozondik, ammo biz bilamiz "Real Madrid" va "Borussiya Dortmund" oxirigacha kurash olib boradi"

Isko haqida:

"Har bir murabbiy tarkibida kuchli futbolchilar bilan ishlashni xohlaydi. Isko har doim o'rtacha ijodkorlardan yuqori saviyada bo'lib kelgan va hozir u buyuk klubning yetakchilaridan biri. U bilan hisoblashish shart va uning afsunlari ko'z bilan ko'rish qiyin. Tarkibingda bunday futbolchilar bo'lsa xohlagan sovrinlaringni yutish mumkin. Zidanning bunda omadi kelgan va u rahbarligi ostida jamoa yaxshi o'yin ko'rsatmoqda".

 

BestMaster
17 Oktyabr 2017, 15:40
pachettino, isko, buyuk, klubning, yetakchilaridan, biri, bunday, futbolchilar, tarkibingda, bolsa, xohlagan, sovrinlaringni, yutish, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads