Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Ko'pchilik bizni mag'lub bo'lishimizni xohlayapdi

"Real" ustozi Zinedin Zidan "Malaga"ga qarshi chempionatlik matchidan oldin intervyu berib o'tdi.

Зидан:

"Hammasi bo'lib bir o'yin qoldi, xal qiluvchi. Biz yaxshi mehnat qildik va ajoyib jismoniy xolatdamiz. G'alaba uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz."

Michel haqida: (Malaga bosh murabbiyi, sobiq "madridist")

"Men faqat o'zimizdan xavfsirayman. Raqiblarning hech biridan yordam kutmayman, umuman har qanday kishidan. Bizni murakkab raqibga qarshi o'yin kutub turubdi, ular so'nggi paytlarda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Biroq faqat biz o'z kuchimizga ishonamiz."

La Liga haqida:

"Chempionatni yutish juda murakkab. 38 tur, sen har hafta yoki har 3 kundan futbol o'ynashing kerak. Jamoamizda barcha bor kuchi bilan shug'ullandi va hozirda ajoyib jismoniy xolatdamiz. O'z ishimizni oxirigacha yetkazish uchun oz qoldi. "Sevilya" va "Selta"ga qarshi o'yinlarda bir qator qiyinchiliklar yuzaga keldi. Lekin chempionlik yo'lida shu ruxda davom etishimiz kerak."

La Liga va Chempionlar Ligasi haqida:

"Ikkala turnir ham murakkab. La Ligada kundan kun kuchayib borishing va mexnat qilishing kerak. Chempionlar Ligasi ham murakkab turnir."

Durang haqida:

"Durang haqida o'ylamayapmiz. Biz uchrashuvga 100% kuchimizni berib harakat qilamiz, har doimgidek."

Sovrin haqida:

"Bilmadim, biz hali hech narsa yutmadik."

Uchrashuv haqida:

"Uchrashuv yuqorida aytganimdek og'ir bo'ladi, "Balaidos" stadionidagiga qaraganda. "Malaga" o'z uyida juda yaxshi o'yin ko'rsatadi."

Dushmanlar haqida:

"Adashmasam, bizni mag'lub bo'lishimizni ko'pchilik kutmoqda. Har doimgi xolat, buni qo'rqinchli joyi yo'q."

Rotatsiya:

"Barcha futbolchilar uchun rotatsiya juda muhim. Kam o'yin o'tkazgan futbolchilar uchun bu yaxshi xolat va ular maydonga o'zlarini ko'rsatish uchun chiqishadi."

Ronaldu haqida:

"Andalusiyada barcha futbolchilar maydonda bo'ladi, barchadan kuchli o'yin kutmoqdaman. Krishtianu haqida nima gapirish mumkin, u o'zi hammasini ko'rsatib turubdi. Hozirda Ronaldu pik formasida."

Mavsumning kulminatsiya:

"Biz mavsumda titullarga ega chiqdik. Lekin bu futbol, unda doim sovrinlar yutishni xohlaysan. Motivatsiyas yuqori. Oxirgi sekundlargacha qo'limiz pastga tushirmaymiz."

 

BestMaster
21 May 2017, 12:59
zidan, kopchilik, bizni, maglub, bolishimizni, xohlayapdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 aytmurat_91  
Lekin real yutadi qudo xoqlasa
21 May 2017, 13:13
ramos
 ramos  
bizni boshqalarni bir tingga qimmat gaplari qiziqtirmaydi Olg'a Zidan Chempionlik sarri!
21 May 2017, 14:35
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads