Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Isko: Men "Oltin to'p" haqida o'ylamayapman

"Real Madrid" yarimhimoyachisi Isko kecha bosh murabbiy Zidan bilan press-konferensiyada ishtirok etdi.

"Chempionlar Ligasi har doim "Real" uchun muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Ertaga bizda guruhda yaqqol peshqadamga aylanish uchun yaxshi imkoniyat bor. Buning uchun yaxshi o'yin ko'rsatib 3 ochko olishimiz zarur. "Real"da o'ynash uchun har doim g'alaba qozonish kerak. Bu jamoada ko'plab kuchli futbolchilar to'plangan va tabiiyki asosiy tarkibdan joy olish uchun raqobat ham juda katta. Bu raqobatda yutish esa oson emas. Men bu lahzalarni kutish uchun bir necha yildan beri mashg'ulot o'tab keldim. Kiyinish xonasida muhit ajoyib. O'zimizga bo'lgan ishonch o'tgan yilgidan ko'ra kuchli. Bizda motivatsiya yuqori va sovrinlarni yutishda davom etmoqchimiz. Tarkibda rotatsiya bo'lishi yaxshi natijalar mahsuli.

To'grisini aytsam men bu haqida o'ylamayapman. Men faqat "Tottenhem"ga qarshi uchrashuv haqida bosh qotirmoqdaman. "Oltin to'p"ni Ronaldu yutishi kerak. Boshqa nominantlar orasida ham ajoyib nomzodlar bor. Kuchli uchlikga kirish orzu va o'tgan mavsumdagi ajoyib harakatlari sababli Serhio Ramos yoki Modrich ham bu ro'yxatdan joy olishga haqli.

Asensio va Sebalyos "Real"ga o'tganda men "Madrid" bilan shartnoma tuzganimdagi yoshdalar. Ular boshqa narsaga chalg'imasdan sabrli bo'lib ishlasalar ko'p narsaga erishadi," - deydi Fransisko Alarkon.

BestMaster
17 Oktyabr 2017, 15:20
oltin, haqida, oylamayapman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads