Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yamal hech qachon oq rangli mashina sotib olmasligini aytdi

Iyul oyida “Barselona”ning iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal 18 yoshni qarshilaydi va shu paytdan boshlab u avtomobil boshqarish huquqiga ega bo'ladi.

.
- Yuklab olish

Iyul oyida “Barselona”ning iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal 18 yoshni qarshilaydi va shu paytdan boshlab u avtomobil boshqarish huquqiga ega bo'ladi. Futbolchi Ispaniya terma jamoasining mart oyidagi o'yinlaridan oldin AS nashriga intervyu berdi.

Yamal intervyuda o'ziga “Real” asosiy rangi bo'lgan oq rangdagi mashinani hech qachon sotib olmasligini aytdi.

– 13 iyul kuni 18 yoshga to'lasiz. Haydovchilik guvohnomasi olish uchun harakat qilyapsizmi?
– Ha, hozirdan tayyorgarlik ko'ryapman. Avtomaktabga bormoqchiman. Hozirgi kunda nazariy imtihonga tayyorlanyapman. Birinchi urinishdayoq imtihondan o'ta olaman deb umid qilaman.

– Sizning yoshingizdagi yigit qanday mashinani orzu qiladi?
– Bilmadim, hozir hech qanday brend nomini aytolmayman.

– Rangi-chi? Oq bo'lishi mumkinmi?
– Oq? Yo'q, bu rangni tanlamasligim aniq. Nega ekanligini hamma yaxshi biladi.

Ma'lumot uchun Lamin Yamal joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol va 11 assist muallifiga aylangan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi.

BestMaster
19 Mart 2025, 15:00
yamal, hech, qachon, rangli, mashina, sotib, olmasligini, aytdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Bellingham_5  
Hahahaha katdala bilan yursang ham panyatang osmapdi
19 Mart 2025, 16:38
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017