Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: "Oltin to'p" uchun nomzodlar? Menga Iskoning o'yini yoqadi

"Tottenhem"ga qarshi o'yin oldidan Zinedin Zidan press-konferensiyada qatnashdi.

Зидан: "Список номинантов на Золотой мяч? Мне нравится Иско"

"Biz har doim qiziqarli, yaxshi raqobat va bu yerda yaxshi natija ko'rsatishni xohlaymiz. Jamoa Chempionlar Ligasi qaytmoqda va bu uchrashuvda biz ajoyib raqibni duch kelmoqdamiz. Bu bizga motivatsiya baxsh etadi.

Har bir jamoaga qarshi uchrashuv biz uchun sinovdir. Bizni "Tottenhem"ga qarshi 2 ta uchrashuv kutib turubdi va ertaga guruhdagi birinchi final. Ikkala jamoada ham ochkolar teng. Bu o'yin futbol ishqibozlari uchun ajoyib uchrashuv bo'ladi va umid qilaman biz 3 ochkoga erishamiz."

Serhio Ramos haqida:

"Biz Ramos bilan soatlab suhbat qruishimiz mumkin. U jamoa lideri, bizning sardor. Futbolchi sifatida unda barcha xislatlar jam bo'lgan, u haqiqiy fenomenal futbolchi."

Xarri Keyn haqida:

"U yaxshi futbolchi va unda hujumchiga xos barcha xislat bor. U "Tottenhem" uchun muhim futbolchi. Keyn har doim gol kiritish haqida o'ylaydi va buni ko'pincha uddalaydi. Ammo "Tottenhem" faqat Keynda iborat emas va biz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rganmiz."

Tanqidlar haqida:

"Odamlar o'z qarashlari ifoda etadi xolos. Men o'z ishimni eng yaxshi cho'qqiga olib chiqishga harakat qilaman, boshqa axmoqona narsalarga e'tibor bermayman. Men o'z uslubimni o'zgartirmayman."

Isko haqida:

"Bu uning tabiiy taraqqiyotidir. U allaqachon jamoaning muhim futbolchisiga aylangan. Har doim unda maydonga tushish imkoniyati bo'lganda, u yaxshi harakat qiladi. Isko - kundan kunga yaxshilanib bormoqda."

"Oltin to'p" haqida:

"Men nominantlar haqida gapirishni istamayman. Bu sovrinni tayinlangan hakamlar aniqlaydi. Menga Iskoning o'yin uslubi yoqadi, chunki u har doim kreativ o'yin ko'rsatadi va ijodkor futbolchi. Ijodkorlar futbolchilar oxirida yutuqqa erishadi."

Krishtianu Ronaldu haqida:

"Men Ronaldudan juda minnatdorman. U ko'plab mehnat qiladi, professional futbolchilar har doim shunday bo'lishi kerak. Men Krishtianuni xurmat qilaman, u barchaga namuna. La Ligada gol urib olgani yaxshi bo'ldi, Chempionlar Ligasida unda allaqachon gollar kiritilmoqda."

Keylor Navas haqida:

"U yaxshi xolatda va hozirda unda muammo yo'q. Ertaga Keylor maydonga tushadimi yoki yo'q bilib olasiz."

Jarohat olganlar haqida:

"Ularning aniq qachon safga qaytishini ayta olmayman. Dani bilan muammoni yechimini topish uchun vaqt kerak. Uni safga qaytishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Mateoga ham ko'proq vaqt kerak. Garet Beyl haqida aniq gapirishga erta, balki javob o'yinida maydonda bo'lar."

Luka Modrich haqida:

"Barchamiz bilamiz, Lukaning qanday kuchga ega ekanligi. U muhim futbolchi. Qachonki u maydonda bo'lsa, u o'z vazifasini ajoyib tarzda ado etadi."

BestMaster
16 Oktyabr 2017, 23:40
zidan, oltin, uchun, nomzodlar?, menga, iskoning, oyini, yoqadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 asensio_n1  
Barchasiga omad
16 Oktyabr 2017, 23:51
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads