Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChLning ushbu mavsumida eng ko'p daromad topgan klublar: «Bavariya» — etakchi, «PSJ» ikkinchi o'rinda

«Bavariya» joriy mavsumgi Evropa Chempionlar Ligasida eng ko'p daromad qilgan jamoa bo'ldi.

.
- Yuklab olish

«Bavariya» joriy mavsumgi Evropa Chempionlar Ligasida eng ko'p daromad qilgan jamoa bo'ldi. Myunxen klubi 106 mln evro ishlab topib, ushbu ko'rsatkich bo'yicha barcha ishtirokchilar orasida birinchi o'rinni egalladi.  

Ikkinchi o'rinda «PSJ» joy olgan bo'lib, frantsuzlar 104,4 mln evro daromad qildi. Top-3 ni «Inter» yakunlab, 103,1 mln evro ishlab topdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri Football Meets Data manbasiga asoslanib xabar bermoqda.  

EChLning joriy mavsumida eng ko'p daromad topgan 7 jamoa:  

1. «Bavariya» — €106 mln  
2. «PSJ» — €104,4 mln  
3. «Inter» — €103,1 mln  
4. «Borussiya Dortmund» — €102,2 mln  
5. «Arsenal» — €102 mln  
6. «Barselona» — €101 mln  
7. «Real Madrid» — €101 mln  

Shuningdek, musobaqaning umumiy sovrin jamg'armasi 2,47 mlrd evroni tashkil qilishi va u 36 jamoa o'rtasida taqsimlanishi ta'kidlangan.

BestMaster
15 Mart 2025, 00:00
echlning, ushbu, mavsumida, daromad, topgan, klublar, «bavariya», etakchi, «psj», ikkinchi, orinda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017