Madridning “Real” klubi Kilian Mbappening “Atletiko” bilan Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida ishtirok eta olishiga umid qilmoqda.
Biroz avvalroq ma'lum bo'lganidek, frantsiyalik futbolchi mushaklaridagi muammolar tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin.
Madrid Zone xabariga ko'ra, "Real Madrid" bo'lajak derbi uchun yakuniy qaydnomani e'lon qilmagan, chunki ular Mbappening tibbiy ko'rik natijalarini kutmoqda.
26 yoshli forvard borasida qaror o'yin kuni qabul qilinadi.