Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Simeone «Real»ga qarshi javob o'yini oldidan: «Faqatgina Xudo nima bo'lishini aniq biladi»

Jamoalar 1/8 final javob uchrashuvini ertaga, 12 mart kuni o'tkazadi. Birinchi o'yinda «qirollik klubi» 2:1 hisobida g'alaba qozongan.  

.
- Yuklab olish

Jamoalar 1/8 final javob uchrashuvini ertaga, 12 mart kuni o'tkazadi. Birinchi o'yinda «qirollik klubi» 2:1 hisobida g'alaba qozongan.  

«Futbolda turli xil stsenariylar bo'lishi mumkin. Turlicha energiya his qilamiz. Himoyada qiyinchiliklar bo'ladi, ba'zi lahzalarda esa yaxshiroq o'ynaymiz... O'yin sifati va tarkibning yangi kuchga ega bo'lishi futbolchilarga bog'liq. Raqib hisobda ustunlikka ega, biz esa tenglashtirish uchun gol urishga majburmiz.  

Men o'z futbolchilarimga ishonaman, jamoamga ishonchim komil. Ularning xarakteri qanday ekanini bilaman va hech shubha yo'qki, bu Chempionlar ligasidagi yurishni davom ettirishga harakat qilamiz. Bizning maqsadimiz – finalda o'ynash.  

Biz o'z maydonimizda o'ynaymiz. Tomoshabinlar bizga bosim o'tkazadi, ammo haqiqat shundaki, eng muhimi – maydondagi voqealar. Faqatgina muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bilan o'yinni yutqazib bo'lmaydi. Biz ajoyib o'yin o'tkazishimiz kerak.  

Shubhasiz, biz ham, raqibimiz ham o'yinga eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko'ramiz. Ammo nima bo'lishini aniq bilgan yagona zot – Xudo», – dedi Simeone. 

BestMaster
12 Mart 2025, 00:30
simeone, «real»ga, qarshi, javob, oyini, oldidan, «faqatgina, xudo, nima, bolishini, aniq, biladi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017